ALOQA UCHUN

“ISTIQLOL” MАSSIVIDA YANGI PODSTANSIYA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni vaqtda “Yangi Andijon” turar-joy massivida ko'p qavatli uylarni doimiy elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun Andijon tumanining “Istiqlol” massivi hududida 1,04 yer maydoniga yangi 110/35/10 kV kuchlanishli quvvati 16 mVА bo'lgan podstansiya qurish ishlari olib borilmoqda. 

Xususan, hududdagi yer ishlari to'liq yakuniga yetkazilib, ushbu podstansiya uskunalarini o'rnatish maqsadida fundament bloklari joylarga o'rnatish hamda podstansiyaga kiruvchi 110 kVli havo tarmog'ini qurish uchun tayanchlarni to'liq o'rnatilsh, 2,3 km uzunlikdagi simlarni tortish ishlari bajarildi.

Hozirda ushbu podstansiyani qurish ishlari davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 29.03.2023
  • 693
Sayt xaritasi