ALOQA UCHUN

DASTUR DOIRASIDAGI ISHLAR – AMALDA

О‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 435-sonli “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Yangiariq tumanining “Sevgan” mahallasida yangidan elektr tarmog’i qurildi.

Xususan, bu erda 105 ta temir-beton tayanchlari o’rnatilib, 6,4 km uzunlikdagi elektr tarmog’i qurildi. Hozirgi kunda mahalladagi iste’molchilarni yangi tarmoqqa ulash ishlari olib borilmoqda. 

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Xorazm hududiy filiali tomonidan viloyat aholisini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi amaliy ishlar hududlar kesimida davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 27.03.2023
  • 684
Sayt xaritasi