ALOQA UCHUN

“XADIKENT” MAHALLASIDA DASTUR IJROSI YAKUNLANDI

Yangiqо‘rg‘on tuman elektr ta’minoti ishchi-xodimlari tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash borasida samarali ishlar bajarilmoqda.

Xususan, “Xadikent" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Xadikent" kо‘chasida yangi о‘rnatilgan 67 dona temir-beton tayanchga 2,5 km masofadagi SIP kabel tortish hamda aholi xonadonlarini ulash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari mazkur hududga quvvati 250 kVA bо‘lgan qо‘shimcha transformator punkti о‘rnatildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 24.03.2023
  • 615
Sayt xaritasi