Mirzo Ulug'bek tumanining "Asaka" hamda "Oltintepa" mahalla fuqarolar yig'ini hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli qaroriga asosan, iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.
Loyihaga ko’ra, hududga 2 km uzunlikda 0,4 kVli yangi elektr uzatish kabel tarmog’ini yangilash va ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Olmazor tumanining “Hazrati Imom” MFY, Chilonzor tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan maxsus avtotransport vositalari yordamida hududdagi elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya ishlarini davom ettirmoqdalar.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.