ALOQA UCHUN

PASTDARG‘OMDA BELGILANGAN ISHLAR DAVOM ETTIRILMOQDA

Ayni kunlarda ham Pastdarg‘om tumanida Prezidentimizning 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qaroriga asosan qurilish va rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, tumandagi Utarchi mahallasida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 7467-transformator punktining elektr uzatish tarmog‘iga 80 dona temir-beton ustunlari o‘rnatish va 3 km 0,4 kV elektr uzatish tarmog‘iga yopiq tipdagi zamonaviy SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda hududga olib kelingan 55 dona temir-beton ustunlarini o‘rnatish ishlari bajarildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati.
 

  • 10.03.2023
  • 926
Sayt xaritasi