“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tarkibidagi elektr ta’minoti korxonasi shchi-xodimlari dastur doirasidagi ishlarni tizimli olib bormoqdalar. Shuningdek, hududlarda biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy o’rganilib, ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda.
Bugun navbatdagi murojaat o’z yechimini topdi. Andijon shahar “Taxtako’prik” mahallasida yashovchi oqsoqollar murojaatiga asosan ushbu hududga temir-beton tayanchlar olib kelingan edi. Hozirda ushbu mahalladagi yaroqsiz bo’lgan sim yog’ochlar o’rniga temir-beton tayanchlar o’rnatilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.