Аndijon tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida Аndijon shahar “Mirpo’stin” MFY Maxfirat xoji ko’chasiga quvvati 160 kVА bo’lgan transformator punkti va 30 dan ziyod temir-beton tayanchlar o’rnatildi.
Hozirda 0,2 km uzunlikdagi 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilishi natijasida 70 dan ortiq aholi xonadonida elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.