О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi 408-sonli qaroriga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Hazorasp tumanida joylashgan 4 ta mahallada dasturga asosan rejali ishlar olib borildi.
Xususan, Hazorasp tumanidagi “Shirin quduq”, “Zexnli”, “Oybek” va “Ming otliq” mahallalarida yangidan 137 ta temir-beton tayanchlari o’rnatildi hamda 10,6 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmogi va 250 kValik transformator punkti yangidan qurildi.
Ushbu ishlar natijasida mahallalardagi 300 ga yaqin xonadon aholisining elektr ta'minoti sifati yanada yaxshilandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.