Andijon viloyatining chekka hududlaridan biri hisoblangan Bo’ston tumanida Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi 408-sonli qarori ijrosi boʼyicha “Yakkatol” mahallasida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu mahallaga yangi 49 dona temir-beton tayanch hamda yangi transformator punkti o’rnatish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari “Mustaqillikning 15 yilligi” mahallasida 30 dan ortiq temir-beton tayanch va quvvati 100 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatildi.
Bu kabi ishlar natijasida 450 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi sifati yaxshilandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.