«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktyabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qaroriga asosan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning "Iqtidor" hamda "Milliy bog`" mahalla fuqarolar yig'ini hududlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, hududga olib kelingan 30 dona yangi temir–beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari bajarildi.
Ayni vaqtda, Toskent viloyatidan Mirzo Ulug'bek tuman hududiga “og'ir hudud” sifatida otkazilgan ushbu MFYlarning elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.