Aholini uy-joy bilan ta’minlash, hududlarda yangi massivlarni tashkil etish va ushbu massivlarda aholiga qulay shar-sharoit yaratish maqsadida Prezidentimiz bir qator topshiriqlar bergan edi. "Hududiy elektr tarmqolari” AJ Sidaryo hududiy filiali tomonidan yangi massivlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha reja asosida ishlar yo’lga qoyilgan.
Yangiyer shahar elektr ta’minoti koxonasi xodimlari tomonidan Yangiyer shahridagi “Yangi O’zbekiston” massiviga, 2 km 900 metr masofadagi elektr uzatish tarmoqlari qurildi. Hozirda xodimlarimiz tomonidan 900 metr uzunlikda yer osti kabellari o'tkazish ishlari olib borilib, yana 1 km 200 metr masofaga yer osti kabel tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda.
"Yangi O‘zbekiston" massivida ish jarayonlari davom etmoqda.
"Hududiy elektr tarmqolari” AJ Sidaryo hududiy filiali matbuot xizmati.