ALOQA UCHUN

“UCHQUN” MAHALLASIGA TEMIR-BETON TAYANCHLAR O’RNATILIB, YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Аndijon viloyatining shahar va tuman hududlaridan tanlab olingan 30 ta mahalla fuqarolar yigʼinida 6,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari tortish va 14 dona transformator punkti oʼrnatish rejalashtirilgan boʼlib, hozirda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish maqsadida loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi. Ushbu loyiha hujjatlariga asosan 59,7 km uzunlikda elektr tarmoqlari tortish va 20 dona transformator punkti oʼrnatish belgilangan.

Xususan, Qo’rg’ontepa tumanining “Uchqun” mahallasida ham bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Hozirda ushbu hududning elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida 14 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatildi hamda 500 m uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 09.02.2023
  • 660
Sayt xaritasi