ALOQA UCHUN

HUDUDLARDA YANGI ELEKTR TARMOQLARI QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali tomonidan hududlarda elektr ta’minoti sifatini yanada yaxshilash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Xususan, Mingbuloq tumani “Beshserka” mahalla fuqarolar yig‘ini Alami tarmog‘iga ulangan 77-sonli transformator punktiga yangi о‘rnatilgan temir-beton tayanchlarga izolyator о‘rnatish va montaj; 

Namangan shahar “Ibrat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 71-sonli transformator punkti yukini kamaytirish uchun qо‘shimcha transformatorni montaj;

Davlatobod tumani hududida joylashgan 6 kVli Yangi tong havo tarmog‘i uchun chuqurlar kavlash va tayanch о‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 07.02.2023
  • 725
Sayt xaritasi