ALOQA UCHUN

ISTIQLOL VA SHIFOKOR MAHALLALARINING ELEKTR TA’MINOTI SIFATI YAXSHILANMOQDA

Аndijon shahrida joylashgan “Istiqlol” va “Shifokor” MFY hududlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kelib chiqishi mumkin bo’lgan favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida ushbu hududga 6kV havo tarmog’i qurish ishlari olib borilmoqda. 

Hozirda ushbu mahallalarga Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasi Eski shahar bo’limi tomonidan yangi temir-beton tayanchlar o’rnatilib, ochiq simlar tortish ishlari olib borilmoqda.

Ishlar ko’lamini tezkorlikda amalga oshirish uchun Izboskan hamda Oltinko’l tuman elektr ta’minoti korxonalaridan qo’shimcha kuchlar jalb qilingan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 23.01.2023
  • 1421
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi