ALOQA UCHUN

AHOLIGA SIFATLI ELEKTR ENERGIYASI YETKAZIB BERISH BO'YICHA ISHLAR DAVOM ETTIRILMOQDA

Guliston tumani "Ibrat" mahallasida ko'p yillardan buyon elektr energiyasi bo'yicha muammolar mavjud edi. Davlat dasturlari doirasida mahalla aholisiga sifatli va ishonchli elektr energiyasi yrtkazib berish maqsadida Tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan amaliy ishlar olib borildi. "Ibrat" mahallasiga 2 km uzunlikda zamonaviy SIP havo tarmoqlari qurilib, yangi transformatorlar o'rnatildi.

Ushbu amaliy ishlardan so'ng mahalladagi 200 ga yaqin xonadon yoki 800 dan ortiq aholiga sifatli elektr energiyasi yetib boradigan bo'ldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 19.01.2023
  • 1446
Sayt xaritasi