Bugun Nukus shahar bolalar kо‘p tarmoqli tibbiyot markazinining quvvati 400 kVA bо‘lgan transformator punktining ajratgichi (razyediniteli) ishdan chiqqanligi sababli tarmoqdan ajratilgan edi.
Hozirda tezkor avariyali holatlarni bartaraf etish va elektr energiyasi iste’molining talab etilayotgan rejimini tiklash brigadasi tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali matbuot xizmati.