“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tezkor chiqish brigadalari tungi ish faoliyatlarini davom ettirmoqda.
Andijon shahrida joylashgan “Sog’lom avlod”, “Yoyilma”, “O’zbekiston 20 yilligi”, “O’rikzor” MFYlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi PS “Yayilma” dan chiquvchi “Gulshan” va “Mashrab” elektr uzatish tarmoqlarining 6 kV yer osti kabel tarmog’ida favqulotda nosozlik sodir bo’lgan. Hozirda yer osti kabel tarmog’ini shikastlangan qismi aniqlanib, Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasi tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borildI.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.