ALOQA UCHUN

QO‘SHIMCHA BRIGADALAR ISH JARAYONIGA KIRISHISHDI

Anomal sovuq tufayli transformator punktlari hamda tarmoqlarda deyarli yuklama 3-4 barobarga ortishi sababli hududlarda elektr ta'minotida favqulodda avariyali uzilishlar, nosozliklar yuzaga kelmoqda. 

Bu borada tarmoqlardagi, transformator punktlaridagi nosozliklarni bartaraf etish ishlariga qo‘shimcha brigadalar zarur avtotransport vositalari jalb etildi. Ular birlamchi elektr qurilmalar, kabellar, zarur himoya vositalari bilan to‘liq ta'minlangan. 

Tashkil etilgan qo‘shimcha brigadalar hududlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlariga kirishishdi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 16.01.2023
  • 534
Sayt xaritasi