ALOQA UCHUN

NOSOZLIKNI BARTARAF ETISHDA OTLARDAN FOYDALANILDI

Ma’lumki, Andijon tumani hududi adirlikdan iborat. Qish mavsumida Otchopar adirliklarida qor boshqa joylarga nisbatan kо‘proq va qalinroq yog‘adi. Agarda ushbu hududda nosozlik aniqlansa, adirlik hududida transportda yurish imkonsiz. Har qanday nosozlik vaqtida bartaraf etilmasa, aholida qish-qirovli kunlarda elektr ta’minotida muammo yuzaga keladi. 

Shundan kelib chiqib, Andijon elektr ta’minoti korxonasi ishchilari tomonidan adirlik hududiga otlar yordamida yetib kelindi va nosozlik izchil bartaraf etildi. 

Tumanimiz fuqarolariga qish-qirovli kunlarda sifatli elektr energiya yetkazib berish uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi xodimlari 24 soat xizmat qilishga tayyor!  

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 13.01.2023
  • 708
Sayt xaritasi