Namangan shahar hududida joylashgan 110/35/6 kVli "Namangan" nimstansiyasidan chiquvchi 6 kVli "G‘uncha" kabel tarmog‘iga ulangan 220-sonli transformator bilan 114-sonli transformator punkti oralig‘idagi kabel tarmog‘i shikastlandi.
Tezkor chiqish brigada xodimlari tuni bilan joyida ta’mirlash ishlarini olib borishdi. Bu kabi ishlar boshqa hududlarda ham amalga oshirilmoqda.
Xususan, Tо‘raqо‘rg‘on tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlari Beruniy mahallasidagi 94-sonli transformator punkti yuklama sababli shikastlanganini aniqlab, о‘rniga boshqa zaxira transformatorni olib kelib о‘rnatishdi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati.