ALOQA UCHUN

“OQ TUMOR” DA QURILISH TA’MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tarkibidagi barcha korxonalar qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida hududlarda elektr energiyasi ta’minotidan yuzaga kelayotgan nosozliklarni ta’mirlash bilan bir qatorda mahallalarda qurilish-ta’mirlash ishlarini ham tizimli tarzda olib bormoqdalar.

Oltinko’l tumanida joylashgan “Oq tumor” MFY tarkibagi 5 ta ko’chada yashovchi aholi xonadonlarining elektr ta’minoti endi yanada yaxshilanadi. Boisi ushbu mahallaga 2 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti hamda jami 157 dona temir-beton tayanchlar olib kelib o’rnatildi.

Endilikda ushbu ko’chalarga jami 4 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortiladi. Ushbu hayrli ishlar natijasida 545 ta aholi xonadonlarining elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 06.01.2023
  • 923
Sayt xaritasi