ALOQA UCHUN

GULOBOD MAHALLASINING ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 635-sonli qaroriga asosan Urganch tumanidagi og‘ir hududlardan hisoblangan Gulobod mahallasida o‘tgan yil dekabr oyida mavjud transformatorga qo‘shimcha ravishda yangi 250 kVAlik transformator punkti qurilib, 50 ta temir-beton ustunlari o’rnatildi hamda 4,8 km uzunlikda zamonaviy SIP kabel tarmog‘i tortildi.

“Hududuy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali bosh direktori S. Beregin ayni hududda elektr energiyasi ta’minoti borasida amalga oshirilgan ishlar sifatini ko‘zdan kechirar ekan, kelgusida kelib chiqishi mumkin bо‘lgan nosozliklarni oldini olish, kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida tegishli topshiriqlar berdi.

“Hududuy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 05.01.2023
  • 973
Sayt xaritasi