ALOQA UCHUN

“MUMTOZ” MAHALLASIGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Hududlarda aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida tuman va shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Havo haroratining har qanday sharoitida mehnat qilayotgan zahmatkashlarimiz tomonidan Baliqchi tumanining “Mumtoz” MFY hududida SIP kabel tarmoqlarini tortish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Ushbu hududga jami 10 km tarmoq tortish rejalashtirilgan bo’lib, hozirda 6 km tarmoq to’liq tortildi. Shuningdek, 150 dona temir beton tayanchlar o’rnatildi va 3 dona har xil quvvatdagi transformator punktlari olib kelindi.

Hozirda “Mumtoz” MFY tarkibidagi Tolzor, Hamdo’stlik, Nurli yo’l ko’chalarida yangi tarmoq tortish ishlari davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 05.01.2023
  • 700
Sayt xaritasi