Joylarda elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida yuzaga kelayotgan nosozliklar, avariyali uzilishlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi tuman elektr ta’minoti korxonalarining avariyaga qarshi tezkor brigadalari tomonidan tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etilmoqda.
Yashnobod tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan «Maxmur» mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida, havo elektr uzatish tarmog`idagi eski al`yumin simlar o`rniga hududga 3 km uzunlikda yangi SIP rusumidagi elektr uzatish kabel tarmoqlariga almashtirildi. Ayni vaqtda, hududdagi 23-sonli transformator punktidan ta'minlanuvchi quvvati 0,4 kV bo'lgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog'idagi yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmog'iga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Sergeli tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan ham tuman hududidagi quvvati RU-0,4 kV bo`lgan past kuchlanishli transformator punkidan chiquvchi yer ostidan o`tgan kabel tarmogʻidagi shikastlangan qismini taʼmirlash maqsadida, kabel tarmogʻida taʼmirlash-montaj ishlari olib borilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.