ALOQA UCHUN

TOSHTEPA MAHALLASIGA 4 DONA TRANSFORMATOR PUNKTLARI O’RNATILDI

Asaka tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan manzilli dasturlar doirasida hududlarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari davom etmoqda.


Xususan, tumanning “Toshtepa” MFY hududida 4 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib hozirda ishga tushirish jarayonlari ketmoqda.

Shuningdek, jami 178 dona temir – beton tayanchlar o’rnatilib, 3.6 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortildi va ayni vaqtda aholiga o’tkazish ishlari olib borilmoqda.


Ushbu keng ko’lamli ishlar natijasida 250 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr ta’minoti yaxshilanishi ko’zlangan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 30.12.2022
  • 979
Sayt xaritasi