Xonqa tumanida aholi muamolarini o’rganish, ularni o’z vaqtida bartaraf etish borasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududuiy filiali tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tumanning Mangulik mahallasida yog’och ustunlar o’rniga 34 ta temir-beton ustunlari o’rnatildi va 3,1 km uzunlikda yangidan elektr tarmoqlari qurilib, 250 kVAlik yangi transformator punktlari o’rnatish ishlari olib borilmoqda.
Viloyatimizda iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazish borasidagi rejali ishlar davom etmoqda.
“Hududiy elektr termoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.