"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tarkibidagi barcha korxonalari tomonidan viloyatning elektr energiyasi muammoli bo’lgan hududlarda elektr energiyasining sifatini yaxshilash maqsadida manzilli dasturlar asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Xonqa tumanining “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig’ini og’ir hududlar ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, mahalla hududida 2,4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog’ini yangidan qurish, 1 dona transformator punkti yangidan o’rnatish hamda 1 dona transformator punktida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Bajarilayotgan amaliy ishlar natijasida mahalla hududida elektr energiya sifati yanada yaxshilanadi.
"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.