ALOQA UCHUN

"OYBEK" PODSTANSIYASIDA YANGI ELEKTR QURILMA ISHGA TUSHIRILMOQDA

Farg‘ona shahri hamda Farg‘ona tumanini ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/6 kVli “Oybek” podstansiyasida yangi uzatmalarni taqsimlovchi elektr qurilmasini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda, “Oybek” podstansiyasidan 20 mingga yaqin aholi hamda 300 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Mazkur podstansiyadan chiquvchi elektr uzatish tarmoqlarini tarqatish qismi to’liq yangilanib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nosozliklar oldi olinadi. Tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatish sifati ortadi.

Yangi qurilmani montaj qilish ishlariga "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning tegishli bo‘lim, xizmatlarining brigadalari hamda zarur avtotransport vositalari jalb etilgan.

Hududlarda bu kabi yangilanishlar bilan iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash erishiladi.

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 23.12.2022
  • 689
Sayt xaritasi