ALOQA UCHUN

ANDIJONDA QUVVATI 10 MING KVA BO’LGAN “BOBUR” PODSTANSIYASIDA T-3 TRANSFORMATORI QURIB ISHGA TUSHIRILDI

Andijon shahar iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi № “3” va № “4” podstansiyalari o’ta yuklamada ishlayotganligi sababli yukini yengillatish maqsadida 35/6 kV quvvati 10 ming kVA bo’lgan “Bobur” podstansiyasida T-3 transformatori qurib ishga tushirildi. 

Hozirda ushbu podstansiyaga PS 3 va PS 4 yuklamalarini o’tkazish uchun 6 kV qo’shzanjirli tarmoq qurish ishlari olib borilmoqda. Tez kunlarda ushbu tarmoqni ishga tushirish ishlari yakunlanadi.
Buning natijasida Andijon shahrining bir nechta mahallalari hamda ijtimoiy soha obyektlarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishiga erishiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 23.12.2022
  • 1014
Sayt xaritasi