ALOQA UCHUN

ANDIJON SHAHRIDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Andijon hududiy filiali tomonidan isteʼmolchilarga elektr energiyasini uzatish, toʼlov intizomini mustahkamlash va mavjud qarzdorlikni bartaraf qilish hamda noqonuniy elektr energiyasidan foydalanayotgan isteʼmolchilarni aniqlash maqsadida reyd tadbirlari doimiy  boʼlib oʼtmoqda.

Xususan,  Аndijon shahar Nayman koʼchasida o’tkazilgan reyd tadbirlarida hududdagi "Soy qurilish savdo majmuasi" unitar korxonasiga tegishli elektr hisoblagich hisob sxemasiga kiritilgan tok transformatori tegishli hujjatlarsiz almashtirilishi natijasida  Аndijon shahar elektr ta’minoti korxonasiga katta miqdorda zarar keltirganligi aniqlandi. 

Shuningdek, yana bir holat, Аndijon shahar Nayman koʼchasi hududida faoliyat yuritib keluvchi fuqaro А. Tursunov tomonidan o'ziga qarashli temir buyumlarni payvandlash ustahonasi elektr tarmogʼiga shartnomasiz va oʼzboshimchalik bilan ulanib olganligi aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan tegishli tartibda qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirildi va tarmoqdan ajratildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 21.12.2022
  • 876
Sayt xaritasi