ALOQA UCHUN

JURNALISTLAR VA BLOGERLAR UCHUN MEDIA TUR TASHKIL ETILDI

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan amaliy va keng kо‘lamli say-harakatlar, xususan, Sherobod tumanida joylashgan temir-beton tayanch ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida jurnalist va blogerlar uchun media tur tashkil etildi.

Press-tur davomida zavod faoliyati, bu yerda ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanganidek, zavodda temir-beton tayanchlardan tashqari travers, metall konstruksiyalar va sohada zarur bо‘lgan boshqa mahsulotlar shu yerning о‘zida tayyorlanadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 02.12.2022
  • 1447
Sayt xaritasi