ALOQA UCHUN

ELEKTR UZATISH TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash muhim va dolzab masalalardan sanaladi. Bu borada uzoq yillardan beri yig‘ilib qolgan muammolar mavjudligi bor gap.

E’tiborlisi, tizimdagi muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilyapti. Jumladan, olis qishloqlardagi eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga temir beton ustunlari hamda yuklama bilan ishlayotgan transformator punktlariga qo‘shimcha yangi transformator punktlari o‘rnatilayotganligi fikrimiz tasdig‘idir.

Jomboy tumanidagi Holvoyi mahallasi joriy yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Jarayonda hudud aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi transformator punktiga qo‘shimcha yangi transformator punkti hamda havo elektr uzatish tarmog‘iga temir beton ustunlari o‘rnatilib, zamonaviy SIP kabellari tortildi. Shuningdek, So‘xmon, Bobotepa, Qarapchi qishloqlariga ham yangi quvvatdagi transformator punklari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, Taldirazzoq, Sarichashma va So‘xmon mahallalarining har biriga 30 tadan beton ustunlar keltirilib, o‘rnatish ishlari olib borildi. Mazkur amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijasida hududlarda energiya quvvati sezilarli oshadi.

Albatta, amalga oshirilayotga islohotlar zamirida xalqimiz turmushini yaxshilash maqsadi yotibdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati.

 

  • 01.12.2022
  • 1391
Sayt xaritasi