“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ OʻZ MABLAGʻI HISOBIDAN XORAZMDA 110/35/10/6 KVLIK YANGI PODSTANSIYA QURILIB ISHGA TUSHIRILMOQDA
Ma’lumki, isteʼmolchilarga qulaylik yaratish, barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda joriy yilning oʻzida respublikaning barcha hududlarida qator podstansiyalarni qurish ishlari loyihalashtirilib, bu boradagi say-harakatlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Xorazm viloyatida ham joriy yilning oʻzida 2 ta – Yangiariq tumanida joylashgan “Ostana” va Xiva tumanidagi 110/35/10/6 kVlik “Beregin” podstansiyalari qurish ishlari amalga oshirilib, hozirda “Beregin” podstansiyasi test rejimida ishga tushirildi.
Ushbu podstansiya qurilishi natijasida Xiva tumani va Yangiariq tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilanadi.
Jamiyat tomonidan isteʼmolchilarni sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ishlar davom etmoqda.
"Xorazm HETK" AJ matbuot xizmati.