ALOQA UCHUN

GULISTON TUMANI “SOYIBOBOD” MAHALLASIDA "OBOD MAHALLA" DASTURI DOIRASIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

GULISTON TUMANI “SOYIBOBOD” MAHALLASIDA "OBOD MAHALLA" DASTURI DOIRASIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Sirdaryo viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda elektr ta’minotini yangilash maqsadida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

Xususan, Guliston tumani “Soyibobod” mahallasida 70 donadan ortiq yangi  temir-beton ustunlar о‘rnatilib, 1, 8 km masofaga zamonaviy elektr tarmoqlari  qurildi. Shuningdek, Guliston tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan ushbu mahallaga 250 kVA quvvatga ega yangi transformator punkti о‘rnatish ishlari reja qilib olinganligini qayd etib о‘tish joiz.

"Soyibobod" mahallasidagi ushbu ishlar yakuniga kо‘ra, mahalladagi 200 dan ortiq xonadon yoki 1 200 dan ortiq aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yanada yaxshilanadi.

“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 29.11.2022
  • 1055
Sayt xaritasi