ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TARKIBIY KORXONALARI TOMONIDAN “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA 104 641 TUP DARAXT EKILDI

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TARKIBIY KORXONALARI TOMONIDAN “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA  QARIYB 105 MING TUP DARAXT EKILDI

Xabaringiz bor, “Hududiy elektr tarmoqlari” Ajning barcha tarkibiy korxonalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” qizg‘in davom etmoqda.

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha tizim korxonalari tomonidan loyiha doirasida  ayni kungacha  qariyb 105 ming tup koʻchat ekildi. 

Ta’kidlash joizki, hududlarda shu kungacha 24 115 mevali va 55 115 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazib bo‘lindi. Shu bilan bir qatorda ayni kunda tashabbuskor xodimlar tomonidan 25 411 tup daraxt ekildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tomonidan har bir hududning iqlim sharoitini hisobga olgan holda daraxt turlari tanlanishi va ekilgan daraxtlarning parvarishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi boyicha berilgan topshirig‘iga asosan hududlarda g‘ujum, xurmo, pavloniya kabi mevali va manzarali daraxtlar, uzum va boshqa ko‘chatlar ekilmoqda.

Respublika bo'ylab "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 115 mingdan ortiq mevali va manzarali koʻchatlar ekish belgilangan bo'lib, bu boradagi ishlar davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 28.11.2022
  • 534
Sayt xaritasi