UCHTEPADA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko'rish maqsadida, «Toshkent shahar ETK» AJ tasarrufidagi Uchtepa tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan mavsumga tayyorgarlik ko'rish va belgilangan mukammal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumanning «Katta qani» hamda «Qoziguzar» MFYlari hududida joylashgan 1481-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog'i to'liq mukammal ta'mirdan chiqarilib, ushbu hududga 400 metrdan ortiqroq yangi zamonaviy SIP kabel tarmog'i tortib berildi.
Ayni vaqtda, ushbu transformator punktidan ta'minlanuvchi quvvati XL-0,4 kV bo'lgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog'idagi yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmog'iga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda.
Buning natijasida 200 ga yaqin aholi xonadonlari sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
Bundan tashqari, Uchtepa tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan salqi simlar tarangligini tortish, avariya holatiga kelib qolgan tayanchlarni soz holatga keltirish ishlari ham olib borilmoqda.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.