ALOQA UCHUN

“XORAZM HETK” AJDA ENERGIYATEJAMKOR QUYOSH PANELLARI O’RNATILDI

“XORAZM  HETK” AJDA ENERGIYATEJAMKOR QUYOSH PANELLARI O’RNATILDI

Mamlakatimizda aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish ustuvor vazifalardan qilib belgilangan.

Xorazm viloyatida ayni vazifalar ijrosi doirasida tashkilotlar va aholi xonadonlariga quyosh panellarini oʻrnatish ishlari jadal surʼatlar bilan davom ettirilmoqda.

Hususan, “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJning maʼmuriy binosiga ham 30 kVt quvvatga ega quyosh panellari oʻrnatilishi natijasida yiliga 172,8  ming kVt.soat elektr energiyasi, yaʼni 77,8 million soʻm mablagʻ tejalishiga erishiladigan bo'ldi.  

Bundan tashqari jamiyatga qarashi 13 ta korxonada ham elektr energiyasi sarfini oldini olish maqsadida jami quvvati 70,2 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Bu  esa yiliga 404 ming kVt.soat elektr energiyasi, yoki 181,9  mln soʻm mablagʻ tejash imkonini beradi.

“Xorazm  HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 24.11.2022
  • 1064
Sayt xaritasi