“SAMARQAND HETK” AJ BINOSIDA QUVVATI 50 KVT BO‘LGAN QUYOSH PANELLARI O‘RNATILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida shu yilning 10-iyun kuni o‘tkazilgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida barcha vazirlik va idoralar, hokimliklar, mahalla binolarini muqobil energiyaga o‘tkazish zarurligi yuzasidan topshiriqlar berilgan edi. Yig‘ilishda muqobil energiya manbalarini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangicha tizim joriy etilishi ham ta’kidlangandi.
Mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Dastlab, viloyat hokimligi binosi tom qismida umumiy quvvati 150 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi. Shuningdek, Urgut, Narpay tuman hokimliklari hamda boshqa tashkilot va korxonalar, mahallalar binolariga muqobil energiya manbalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati binosi tom qismiga ham “Solar enerji” MCHJ tomonidan quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi.
Ushbu stansiya 93 ta quyosh panelidan iborat bo‘lib, 50 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.