HUDUDLARDA QURILISH-TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-408-sonli qarori ijrosi boʼyicha Аndijon viloyatining shahar va tuman hududlaridan tanlab olingan 30 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida 6,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari tortish va 14 dona transformator punktlari oʼrnatish rejalashtirilgan boʼlib, hozirda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish maqsadida loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi.
Ushbu loyiha hujjatlariga asosan 37,0 km uzunlikda elektr tarmoqlari tortish va 21 dona transformator punkti oʼrnatish belgilangan.
Shu kunga qadar tanlab olingan mahallalar ichida 7 ta mahalla fuqarolik yigʼinlaridagi hududlar 132 dona temir-beton tayanchlar bilan taʼminlandi va hozirda oʼrnatish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Buloqboshi tumanining “Qashqar” MFY oʼramidagi Shodlik koʼchasida ham bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Hozirda ushbu hududning elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida 26 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatilmoqda.
"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.