«NAMANGAN HETK» AJ TOMONIDAN MATBUOT ANJUMANI О‘TKAZILDI
OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etgan tadbirda «Namangan HETK» AJ bosh direktori Adhamjon Karaboyev joriy yil davomida jamiyat tomonidan olib borilgan ishlarga tо‘xtalib о‘tdi.
Ta’kidlanganidek, 2022 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida viloyat bо‘yicha 84,5 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangidan qurish va 27 dona transformator punkti о‘rnatish, shuningdek, 73,4 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 40 dona transformator punktini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Amalda esa 97,0 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 25 dona transformator punkti rekonstruksiya, 105,5 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 35 dona transformator punkti mukammal ta’mirdan chiqarildi.
Shu bilan birga hisobot yilida Namangan viloyatida aholini uzoq yillar davomida elektr ta’minotiga oid qiynab kelayotgan muammolari bо‘lgan eng og‘ir 30 mahallada 87,2 km elektr uzatish tarmoqlari va 31 ta TP о‘rnatish, 105,5 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 35 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bо‘lib, shu kungacha 43,9 km 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 14 dona 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari rekonstruksiya qilindi, 105,5 km 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 35 dona 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari mukammal ta’mirdan chiqarildi.
2022 yilda kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida, 2117,2 km 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 755 dona 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilgan bо‘lib, bu boradagi ishlar tо‘liq bajarildi.
Anjuman yakunida OAV vakillari о‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.