ALOQA UCHUN

XOVOS TUMANI “QAHRAMON” MAHALLASIDA YANGI TRANSFORMATORLAR O'RNATILMOQDA

XOVOS TUMANI “QAHRAMON” MAHALLASIDA YANGI TRANSFORMATORLAR O'RNATILMOQDA 

Uzoq qishloq va mahallarda elektr uzatish tarmoqlarini yangidan qurish, transformator punktlarining quvvatini oshirish borasida “Sirdaryo HETK” AJ tomonidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Xovos tumanining “Qahramon” mahallasida 4 km masofada zamonaviy SIP elektr uzatish tarmoqlari yangi qurildi. Turli quvvatdagi 4 dona transformator punkti o’rnatish reja qilib olingan bo’lib, hozirda loyiha bo’yicha bu boradagi ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Xovos tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan “Qahramon” mahallasidagi 7 km elektr uzatish tarmoqlari va 4 dona transformator mukammal ta’mirdan chiqarildi. 

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

 

  • 14.11.2022
  • 1081
Sayt xaritasi