ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANDI
Ayni kunlarda Xorazm viloyati hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida, "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan ishchi guruh shakllantirilib, reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.
О‘rganish natijalariga kо‘ra, joriy yilning shu kuniga qadar jami 1172 ta (aholi 634 ta) qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilib, 17,2 mln kVt*sga (aholi 5,8 mln kVt*s), yaʻni 7,5 mlrd so'mlik (aholi 2,2 mlrd so'm) qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi. Ushbu qoidabuzarliklardan joriy yilda 4,2 mlrd.so'm miqdorda pul mablag'lari undirildi.
Elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanganligi aniqlanayotgan isteʼmolchilarga tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy tarzda chora koʻrish maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim qilinmoqda.
"Xorazm HETK" AJ matbuot xizmati.