ALOQA UCHUN

Umumiy ma'lumot

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «О‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi tо‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi 12 ta hududiy filial hamda 2 ta hududiy korxona tomonidan (“Buxoro HETK” va “Farg‘ona HETK” AJ lar) 0,4-6-10-35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiyasi, shuningdek, mazkur obektlarning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiriladi. Bundan tashqari 3 ta filial (“Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali, “ Davlat va shartnomaviy xizmatlarni rivojlantirish” filiali, “Davlat xaridlari markazi” filiali) tomonidan elektr energiyasi iste’molchilariga xizmat kо‘rsatiladi.

Jamiyatning 12 ta hududiy filiali hamda 2 ta hududiy korxonasi (“Buxoro HETK” va “Farg‘ona HETK” AJ lar) tarkibidagi 224 ta tuman va shahar elektr ta’minoti korxonasi tassarufidagi 110-35-10 kV kuchlanishli 1 802 ta podstansiyadan uzatiladigan elektr energiyasi 94 538 dona transformator punkti va 277,6 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali О‘zbekiston Respublikasining maishiy va yuridik iste’molchilariga yetkazib beriladi. 

О‘zbekiston Respublikasida 2024 yil 01 yanvar holatiga ko’ra  elektr energiyasi iste’molchilarining umumiy soni – 8 089 339 ta: 

yuridik iste’molchilar – 433 217 ta;

maishiy iste’molchilar (aholi) – 7 656 307 kishi

 

Ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tassarufida 2024 yil 1 yanvar holatiga:

JAMI 04-110 KVLI ELEKTR UZATISH TARMOQLARI – 277 671,6 km;

shundan,

• 110 kV – 14 655,4 km; 

• 35 kV – 13 992,2 km; 

• 10 kV – 87 007,9 km; 

• 6 kV – 14 583,8 km; 

• 0,4 kV – 147 432,3 km.

 

JAMI TRANSFORMATOR PUNKTLARI – 94 789 dona

shundan, 

• 10/0,4 kV gacha – 76 804 dona;

• 6/0,4-160 kV gacha – 17 734 dona.

 

JAMI PODSTANSIYALAR SONI –  1 802 ta,

shundan, 

• 110 kVli – 737 ta; 

• 35 kVli – 1 063 ta;

• 10 kV– 2 ta  mavjud.

 

Jamiyat tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar

 

2023-yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 64,0 mlrd.kVt/soat (foydali uzatma) elektr energiyasi yetkazib berildi. 2022-yilning mos davriga nisbatan о‘sish sur’ati 108,0% ga oshdi.

2023-yil davomida elektr energiyasi barqarorligini ta’minlash maqsadida 0,4-110 kV – 29 464 km uzunlikda elektr tarmoqlari va 10 157 dona transformator punkti mukammal ta’mirdan chiqarildi. Bundan tashqari 35-110 kV quvvatga ega podstansiyalarda 99 dona kuch transformatori tо‘liq ta’mirlandi.

0,4-6-10 kV – 9 850 km uzunlikda elektr tarmoqlari va 3 288 dona transformator punktlari yangilandi. Bundan tashqari  164 km 35-110 kV elektr uzatish tarmoqlari 19 ta podstansiyalar yangi qurildi hamda 24 ta podstansiyalar modernizatsiya qilindi. Shundan:

1. Toshkent shahri Yashnobod tumanida "Olmos" podstansiyasi

2. Namangan viloyati Tо‘raqо‘rg‘on tumanida "Yuksalish" podstansiyasi

3. Toshkent viloyati Angren tumanida "Apartak" podstansiyasi

4. Surxondaryo viloyatida Sariosiyo tumanida “Olchazor-2” podstansiyasi

5. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida "TCT cluster" MCHJga  elektr ta’minoti uchun yangi podstansiya.

 

2023-yilda 160 567 ta temir-beton tayanchlari va 65 000dan ortiq travers maxsulotlari ishlab chiqarildi.

Iste’molchilarga jami 7 824 241  elektron hisoblagichlar о‘rnatilgan

shundan, 

2023-yil davomida 420 000 elektron hisoblagichlar о‘rnatilgan

Jami 7 643 239 ta  billing tizimiga ulangan

shundan,

2023-yil davomida  450 000 yaqin elektron hisoblagichlar "billing" tizimiga ulandi

  • 12.09.2024
  • 59914
Sayt xaritasi