ALOQA UCHUN

TRANSFORMATOR PUNKTLARI HUDUDLARGA OLIB BORILDI

TRANSFORMATOR PUNKTLARI HUDUDLARGA OLIB BORILDI

Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi "2022-2026 yillarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ 172 sonli qarori ijrosi bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 

"Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan joylarda dastur asosida olib borilgan qurilish montaj ishlari uchun o‘rnatilishi lozim bo‘lgan transformator punktlari belgilangan hududlarga yetkazildi.

Xususan, Xo‘jaobod tumanining “Garagura”, Andijon tumanining “Sadda tagi”, Asaka tumanining “Toshtepa”, Marxamat tumanining “Chilon” mahallasiga shuningdek, Paxtaobod tumanining “Tinchlik”  va Buloqboshi tumanining “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig’inlariga olib borildi.

Hozirda ushbu transformator punktlarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida hududlarda aholining elektr energiyasi sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 07.11.2022
  • 741
Sayt xaritasi