ALOQA UCHUN

MUQOBIL ENERGIYA – IQTISODIY TEJАMKORLIK GАROVI

MUQOBIL ENERGIYA – IQTISODIY TEJАMKORLIK GАROVI

Joriy yilning 10 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obʼektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi.

Mazkur yigʼilishda qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini oʼrnatgan aholi va tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha yangi tizim joriy etilishini taʼkidladi. Darhaqiqat, ushbu amaliy ishlar davlat organlari, korxona va tashkilotlarning maʼmuriy binolarida, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi, muqobil energiya manbalaridan xususan, quyosh energiyasidan samarali foydalanish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, birgina jamiyatimiz  ma’muriy  binosiga soatiga 50 kVt quvvat ishlab chiqarishga mo’ljallangan quyosh paneli oʼrnatilib, oʼz ehtiyojlari uchun  sarflanadigan elektr energiyasi miqdorining 40 foizini qoplamoqda.

 

Аgarda bu raqamni oylik oʼrtacha hisob-kitob qilsak, bir oyda 8 400 kVt/soat, 1 yilda 100 800 kVt/soat elektr energiyasini tejashga erishiladi. Ya’ni qo’shimcha 45 mln 360 ming soʼm mablagʼ foyda qilinishiga erishiladi.  

 

Bu birgina “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning ma'muriy binosiga o'rnatilgan quyosh panellari misolida tahlil qilindi. Аgarda, ushbu innovatsiyani boshqa tashkilotlar yoki aholi xonadonlari misolida tahlil qilib koʼrsak quyosh panellarining afzalligini bevosita anglash mumkin.

"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati.

 

  • 04.11.2022
  • 1216
Sayt xaritasi