SANOAT ZONASIGA YANGI TRANSFORMATOR PUNKTI O’RNATILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muxandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5101-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida "Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan har bir tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining elektr ta’minoti barqarorligi va sifati to’liq o’rganib chiqildi va qurilish ishlariga kirishildi.
Хususan, Quvasoy shahrida tashkil etilayotgan “Arsif” kichik sanoat zonasi hududidagi tadbirkorlarni sifatli elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida 1,6 km uzunlikda yangi 10 kVli elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari olib borildi.
Hududga loyiha asosida olib kelingan 2 dona quvvati 1000 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatildi.
"Farg'ona HETK" AJ matbuot xizmati.