ALOQA UCHUN

XORAZMDA О‘TKAZILGAN “KASB MAHORATI” MUSOBAQASINING G‘OLIB JAMOALARI ANIQLANDI

XORAZMDA О‘TKAZILGAN “KASB MAHORATI” MUSOBAQASINING G‘OLIB JAMOALARI ANIQLANDI

Avval xabar berganimizdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan “Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli” shiori ostida Xorazm viloyatida о‘tkazilgan  “Kasb mahorati” musobaqalari о‘z yakuniga yetdi.

Yangiariq tuman elektr ta’minoti korxonasi hududida yangidan qurilgan maxsus о‘quv maydonida besh kun davomida о‘tkazilgan bahslarda Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalarini ta’mirlash bо‘yicha ustalari, dispetcherlar, taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat kо‘rsatuvchi elektromontyorlardan tashkil topgan 14 ta jamoada jami 120 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi.

Jumladan, jamoalarning huquqiy, siyosiy va xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid bilimlari, shartli elektr qurilmasida yuzaga kelgan yong‘inni о‘chirish, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish jarayonida xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilgan holda tо‘g‘ri ish tashkil etish, nosozlikni о‘z vaqtida sifatli bartaraf etish va kuchlanish ostiga tushgan shartli jabrlanuvchini xavfsiz joyga о‘tkazish hamda birinchi tez tibbiy yordam kо‘rsatish kabi vazifalarni uddalashlari sinovdan о‘tkazildi.

Berilgan topshiriqlarni uyushqoqlik bilan, tezkor va sifatli bajargan quyidagi jamoalar harakati yuqori baholanib,

1-о‘rin – “Xorazm HETK” AJ;


2-о‘rin – “Andijon HETK” AJ;

3-о‘rin – “Farg‘ona HETK” AJga nasib etdi.

Musobaqaning g‘olib jamoalari va turli yо‘nalishlar bо‘yicha faol qatnashgan xodimlar qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“Xorazm HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 28.10.2022
  • 877
Sayt xaritasi