ALOQA UCHUN

XORAZMDA “HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI” SHIORI OSTIDA O‘TKAZILAYOTGAN “KASB MAHORATI” MUSOBAQASIGA START BERILDI

XORAZMDA “HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI” SHIORI OSTIDA O‘TKAZILAYOTGAN “KASB MAHORATI” MUSOBAQASIGA START BERILDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan Jamiyat xodimlari o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida har yili tashkil etib kelinayotgan “Kasb mahorati” musobaqasining bu yilgi respublika bosqichiga “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ mezbonlik qilmoqda.

Yangiariq tuman elektr ta’minoti korxonasida yangidan qurilgan maxsus o’quv maydonida о‘tkaziladigan bahslarda Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalarini ta’mirlash bo‘yicha ustalari, dispetcherlar, taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlardan tashkil topgan jami 14 ta jamoada 120 nafardan ortiq xodim o‘z bilim va tajribalarini sinovdan o`tkazishadi.

“Xorazm HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 26.10.2022
  • 588
Sayt xaritasi