ALOQA UCHUN

KICHIK SANOAT ZONASIDA YANGI ELEKTR UZATISH TARMOG’INING YAKUNIY MONTAJ ISHLARI BAJARILMOQDA

KICHIK SANOAT ZONASIDA YANGI ELEKTR UZATISH TARMOG’INING YAKUNIY MONTAJ ISHLARI BAJARILMOQDA

Farg’ona tumanida tashkil etilayotgan “Mash’al” kichik sanoat zonasida “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan sifatli elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida 7,0 kmga yaqin yangi 10 kVli elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari bajarilib, yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda.

Ma’lumot o’rnida loyiha asosida, “Mash’al” kichik sanoat zonalari hududga quvvati 1000 kVA bo’lgan yangi transformator punkti olib kelib o’rnatilgan.

Amaliy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muxandislik komunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5101-sonli qaroriga muvofiq bajarilmoqda.

“Farg’ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 25.10.2022
  • 835
Sayt xaritasi