DAVLAT VA SHARTNOMAVIY XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA YO‘NALISHLAR BELGILAB BERILDI
“Samarqand HETK”AJ majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda joriy yilning III-choragida davlat va shartnomaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlil qilinib, faoliyatni yanada takomillashtirish borasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Davlat va shartnomaviy xizmatlarni rivojlantirish filiali direktori o‘rinbosari Y. Dehqonov, bosh mutaxassis S.Yuldoshev hamda bir guruh soha mutasaddilar tomonidan o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha mas’ul xodimlarga hamda shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalari rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 555-sonli Qarori talablari asosida yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda elektr tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha kelib tushadigan har bir murojaatni to‘laqonli qamrab olish, iste’molchilar tasarrufida bo‘lgan elektr qurilmalariga texnik xizmatlar ko‘rsatish, ularni ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, belgilangan rejalarni bajarilishi xususida ham vazifalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga joylarda elektr ta’minoti sohasida davlat va shartnomaviy xizmatlar tizimi yanada takomillashtirilib, korxona daromadi oshirilgan taqdirda kelib tushgan mablag‘lar korxona moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi ham tushuntirildi.
Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.